Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:
Chingiz Aytmatov
0
Janr
RomanYil
2019Til
O'zbekchaChingiz Aytmatov hayotining oxirgi yillarida “Qulayotgan togʻlar” “Mangu qayliq” deb atalgan romanini yozdi. Unda bozor iqtisodiga oʻtayotgan, shiddat bilan globallashuv jarayonlariga kirib borayotgan hozirgi dunyoning maʼnaviy-iqtisodiy muammolarini Qirgʻiziston, Markaziy Osiyo voqeligi, odamlar taqdiri, turmushi, ongida roʻy berayotgan keskin, ogʻriqli oʻzgarishlarga chambarchas holda yoritdi. Tabiat, jamiyat, inson taqdirida yuz berayotgan rang-barang hodisalarni butun fojialari bilan birga yaxlit tasvirladi. Asar buyuk adib va donishmandning avlodlarga soʻnggi vasiyatiday oʻqiladi. Zullisonayn adib bu romanini rus tilida yozdi. U 2007-yilda Peterburgda nashr etildi. Oʻzbek tiliga shu nashrdan tarjima qilingan.
