Загружается библиотечный фонд...

0%
Специальные возможности

Размер экрана:

50 %

Размер шрифта:

50 %
/images/logo.svg

Информационно-библиотечный центр Ферганской области имени Ахмада Фергани

/images/logo.svg

Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

Условия использования

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Foydalanish qoidalari ferlib.uz axborot-kutubxona platformasidan foydalanish tartibini belgilaydi.

1.2. Saytdan foydalanish orqali foydalanuvchi mazkur qoidalarga to‘liq rozilik bildiradi.

1.3. Saytning asosiy maqsadi — foydalanuvchilarga elektron resurslar, adabiyotlar va kutubxona xizmatlarini masofadan turib taqdim etish.

1.4. Sayt orqali taqdim etilgan barcha materiallar (matn, rasm, elektron kitoblar va boshqa resurslar) amaldagi qonunchilik asosida himoyalangan.

1.5. Foydalanuvchilar saytdan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanishlari shart.

1.6. Ma’muriyat zarurat tug‘ilganda mazkur qoidalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.

2. Kutubxona majburiyatlari

2.1. Foydalanuvchilarga sifatli va ishonchli axborot xizmatlarini taqdim etish.

2.2. Elektron resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratish va ularni muntazam yangilab borish.

2.3. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish va uchinchi shaxslarga bermaslik (qonunda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).

2.4. Saytning uzluksiz ishlashini ta’minlash va texnik nosozliklarni imkon qadar tez bartaraf etish.

2.5. Foydalanuvchilarning murojaatlari va takliflarini ko‘rib chiqish.

3. Kitobxonning huquq majburiyatalari

3.1. Saytdan foydalanishda amaldagi qonunchilikka rioya qilish.

3.2. Elektron resurslardan faqat shaxsiy foydalanish maqsadida foydalanish.

3.3. Mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallarni noqonuniy ko‘paytirmaslik, tarqatmaslik va tijorat maqsadida ishlatmaslik.

3.4. Saytga zarar yetkazuvchi dasturiy vositalardan (virus, zararli kod va boshqalar) foydalanmaslik.

3.5. Boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini hurmat qilish.

3.6. Ro‘yxatdan o‘tishda to‘g‘ri va aniq ma’lumot taqdim etish.

© 2026 Информационно-библиотечный центр Ферганской области имени Ахмада Фергани. Все права защищены.