Загружается библиотечный фонд...

0%
Специальные возможности

Размер экрана:

50 %

Размер шрифта:

50 %
/images/logo.svg

Информационно-библиотечный центр Ферганской области имени Ахмада Фергани

/images/logo.svg

Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi

Kutubxona tarixi Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi 1899-yilda, xalq muzeyi bo‘limi huquqida ochilgan, u vaqtda kutubxona jamg‘armasi 853 nusxadagi kitoblardan tashkil topgan bo‘lib, kitobxonlar doirasi faqat shahar ziyolilaridan iborat bo‘lgan. 1956-yildan boshlab Farg‘ona viloyati tarixi, iqtisodi, madaniyati va atoqli arboblari hayotiga oid o‘lkashunoslik materiallarini yig‘ish bo‘yicha faol harakatlar boshlangan va hozirda 1500000 dan ziyod noyob axborot kartochkalariga ega o‘lkashunoslik kartotekasi tashkil etilgan. Kutubxona 1970-yilda 500 ming nusxaga mo‘ljallangan uch qavatli maxsus jihozlangan va har tomonlama qulay binoga ko‘chib o‘tdi. Shu yili kutubxonaga Farg‘onani jahon ilm ahliga tanitgan buyuk vatandoshimiz, IX asrda yashab ijod etgan o‘zbek olimi Ahmad Farg‘oniy nomi berilgan. 1977-yili shaharda bo‘lib o‘tgan sel ofati oqibatida kutubxonaning eng pastki qavatida joylashgan kitob saqlash bo‘limi suv ostida qoldi. 300 ming nusxadan iborat kutubxona jamg‘armasining uchdan bir qismi, asosan XIX asr boshida chop etilgan nodir adabiyotlarning bir necha mingi, 1920-1930 yillarda bosmadan chiqqan gazeta to‘plamlari va boshqa moddiy boyliklar yaroqsiz ahvolga keldi. Kutubxona jamg‘armasini qaytadan to‘ldirish zaruriyati tug‘ilib, keyingi yillar davomida bu vazifa ado etilmoqda. Bugungi kunda Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi O‘zbekistonda etakchi kutubxonalardan biri hisoblanadi. Kutubxona dunyodagi 50 dan ortiq tilda va turli axborot tashuvchilardagi 350 ming nusxaga yaqin universal jamg‘armaga ega. Kutubxonada zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanib 700 mingdan ortiq kitobxonga xizmat ko‘rsatuvchi 14 tarkibiy xizmatlar (7 bo‘lim va 7 sektor) faoliyat yuritadi. Komplektlashdan tortib to kitob berishgacha bo‘lgan barcha kutubxona jarayonlari avtomatlashtirilgan. Barcha xodimlar kompyuterda, avtomatlashgan ish joylarida hamda ofis texnikasi bilan ishlash ko‘nikmalariga ega. AKM kutubxona axborot resurslaridan bugun barcha maksimal darajada foydalana olishini ta’minlashga, kutubxonaning noyob jamg‘armasini kelgusi avlod uchun saqlashga intilmoqda. Bugun kutubxona – bu foydalanuvchilar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan ta’lim va muloqot markazi, turli insonlar uchrashadigan joy. Kutubxonada doimiy ravishda kitob va mutolaani targ‘ib qiluvchi turli tadbirlar o‘tkazib boriladi, aksiya, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar, badiiy kechalar, turli-tuman ko‘rgazmalar shular jumlasidandir. Kompyuter savodxonligi kurslari, ma’naviyat soatlari, xorijiy tillarni o‘rganish klublari va salomatlik klubi faoliyatlari farg‘onaliklar o‘rtasida juda mashhurdir. AKM virtual olamda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, bu - kutubxona haqida va ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar haqida ma’lumotlar beruvchi ferlibrary.uz saytidir. Unda nafaqat an’anaviy xizmatlar balki “Kutubxonachidan so‘rang” ma’lumotnoma xizmati, virtual qabulxonalar, to‘liq matnli elektron resurslar, nashrni buyurtma qilish va olish kabi interaktiv xizmatlar ham amalga oshiriladi. AKM shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar – www.facebook.com, www.instagram.com, www.telegram.com, www.youtube.com, www.twitter.com sahifalarida viloyat AKMning sahifalari yaratildi va doimiy kitob targ‘iboti olib borilmoqda. Kutubxona hayotidagi yangiliklar, viloyatimizning mashhur kishilari bilan uchrashuv kabi tadbirlar feysbuk, telegram, instagram, tvitter kabi ijtimoiy tarmoq sahifalarida ham yoritib borilmoqda. Jumladan, www.facebook.comdagi AKM sahifasida #erkinkamera, #menkitobuqishnisevaman, #kutubxonameninghayotimda loyihalari amalga oshirilmoqda va bu yoshlar orasida katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda. Bugun AKM o‘z kitobxonlari bilan birgalikda shaxdam odimlab, an’analarni ardoqlab va faoliyatning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirib, kelajakka ishonch bilan qaramoqda.

https://admin.ferlib.uz/files/abouts/images/file-1770889119760-131683197.jpg
© 2026 Информационно-библиотечный центр Ферганской области имени Ахмада Фергани. Все права защищены.